Restoran
Mehmonxonamizda mehmonlar uchun hashamatli restoran mavjud. Shuningdek, restoran biznes tushlik yoki kechki ovqat, oilaviy bayramlar va boshqa tadbirlar uchun har doim ochiq.
Quydagi qisqa videorolik orqali shinam va
qulay mehmonxona to'g'risida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin !
Mehmonxona Urganch shahar markazida joylashgan va o’z eshiklarini mehmonlar uchun 2023 yil iyul oyida ochgan. Mehmonxonada qulay yashash uchun 60 ta har xil toifadagi xonalar zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Har bir xonada smart televizor, kichik muzlatkich, konditsioner, Wi-Fi internet va xavsiz seyf mavjud. Mehmonlar uchun konferentsiya zali, bar, restoran, SPA honasi, sauna va hashamtli katta baseyn faoliyat yuritadi.
Avtoturargoh
Nonushta
Baseyn & SPA
Tezkor Internet
Restoran & bar
Malakali hodimlar
Mehmonxonamizda mehmonlar uchun hashamatli restoran mavjud. Shuningdek, restoran biznes tushlik yoki kechki ovqat, oilaviy bayramlar va boshqa tadbirlar uchun har doim ochiq.
Mehmonxonadagi bar - 24/7 ishlaydi. Bu yerda mehmonlar har xil gazli va gazsiz ichimliklar, buyurtma qilishlari mumkin.
Hashamatli mehmonxonamizda katta yopiq basseynida cho’milish imkoniyati bor. Basseynimizda cho'milish orqali charchoqlarni chiqarish mumkin.
Mehmonxonadagi Bizning Spa salonimiz kun davomida sizning xizmatingizda. Shuningdek, turk hamomi va Rus hamomi, fitnes markazi, terini parvarish qilish va kunlik charchoqlaringizni ketkazish uchun xizmat ko'rsatadi.
Rus saunasi teri va asab tizimini davolaydi. Hammomda metabolizm kuchayadi, to'plangan toksinlar yo'q qilinadi, kapillyar qon oqimi va limfa drenaji tezlashadi. Bu jarayonlar butun tananing tozalanishiga olib keladi va yangilanish hissi beradi.
Jismoniy holatni yaxshi ushlab turish uchun mehmonxonada fitness zal tashkil qilingan va olijanob mehmonlarimiz uchun xizmat ko'rsatadi.
KICHIK ZAL. Mehmonxonada 71 kishilik yig’ilish zali mavjud.
Yig’ilishlar zali zamonaviy mebellar, Katta TV bilan jihozlangan.
KATTA ZAL . Mehmonxonada prezentatsiyalar, seminarlar, treninglar,
tashkil qilish uchun katta konferentsiya zali mavjud.
Yig’ilishlar zali zamonaviy o'rindiqlar, flipchart taxtasi bilan jihozlangan.
Yig’ilishlar xonasining maksimal sig’imi 110-120 kishidan iborat.